Qarzdorlardan birining «Tracker»i, ikkinchisining uy-joyi auksionga chiqarildi
Namangan viloyatida bir qarzdorning «Tracker» avtomobili, ikkinchisining uy-joyi auksion savdolariga chiqarildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uychi tuman sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor N. G‘ dan davlat foydasiga jinoyat natijasida yetkazilgan 230,8 mln so‘m zarar undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati yuzasidan Byuroning Uychi tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan. Qarzdor bir necha marotaba zarar summasini to‘lash yuzasidan ogohlantirilgan. Lekin, qarzdorlik bartaraf etilmagach, uning nomiga rasmiylashtirilgan «Tracker» rusumli transport vositasiga nisbatan davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan. Olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida transport vositasi topilib, realizatsiya qilish maqsadida auksion savdolariga chiqarilgan.
Yana bir holatda fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor N.M dan undiruvchi «O‘zmilliybank» Uychi tuman filiali foydasiga 479,6 mln so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan. Qarzdorlik belgilangan muddatda yopilmagani sababli, garovdagi yakka tartibdagi uy-joy realizatsiya qilish maqsadida auksion savdolariga chiqarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter