Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshidagi qotillik tafsilotlari ma’lum qilindi

Qarshidagi qotillik tafsilotlari ma’lum qilindi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi erkak 17 iyul kuni qaynsinglisini urib o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi hodicha tafsilotlarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qarshi tumanidagi «Kojor» MFYda yashovchi, viloyat asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida dispanser hisobida turuvchi ruhiy kasal M.P. soat taxminan 07:15 da Qarshi shahri «Kamandi» MFYda yashovchi qaynsinglisi R.D.ning yashash xonadoniga yashirincha tarzda kirgan.

Undan oilasining shaxsiy ishlariga nega aralashayotganini so‘rab, o‘zaro janjallashib qolgan. Oqibatda M.P. hovlida turgan oftoba bilan qarindoshi R.D. boshining orqasiga o‘ta shafqatsizlarcha uch marotaba urib, unga hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari yetkazgan. Hushsiz holatga kelib, olgan tan jarohati tufayli ayol vafot etgan, uning uch nafar bolasi bo‘lgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahri prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi M.P. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring