«Qarshida pichoqbozlik» videosiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qarshida pichoqbozlik» sarlavhasi ostida tarqalayotgan videolar bo‘yicha Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Qarshi shahar «Charmgar» MFYda yashovchi voyaga yetmagan P.S. 2021 yil 24 iyul kuni soat 16:30larda, Qarshi shahar, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan «Sharq» supermarketida sotuvchi bo‘lib ishlovchi D.S.ning oldiga kelib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat joyida qo‘pol so‘zlar bilan uni haqorat qilgan.
Shu vaqtda P.S.ning noo‘rin xatti-harakatlarini oldini olmoqchi bo‘lgan supermarket qo‘riqchisi X.J.ga «Sen aralashma!» deb o‘zi bilan olib yurgan oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazmoqchi bo‘lgan. Natijada P.S. supermarket ishchilari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 24 iyul kuni P.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter