Navoiyda soxta ellik va yuz ming so‘mliklar muomalaga chiqib ketgani ma’lum bo‘ldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbirda o‘tkazilgan.
Tadbir davomida fuqaro A.I. va uning 2 nafar sherigi Karmana tumanidagi 4 nafar tadbirkorning savdo do‘konlarida oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, evaziga 4 dona 100 ming so‘mlik kupyuradagi qalbaki 400 ming so‘m berganliklari aniqlangan.
Shuningdek A.I.ning yonida yana 1 dona 100 ming so‘mlik va 8 dona 50 ming so‘mlik kupyuradagi qalbaki pullar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ekspertiza xulosasida, ushbu qalbaki pullar kompyuter texnikasi yordamida tayyorlanib, rangli printerda chop etilganligi qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan A.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter