Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshi tumanida 15 yoshli qiz uyidan chiqib, qaytib kelmagan

Qarshi tumanida 15 yoshli qiz uyidan chiqib, qaytib kelmagan

Qarshi tumani Qoratepa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 15 yoshli Shirina Kenjayeva 6-iyul kuni 17:30 larda uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qoldi.

Bu haqda «Nasafnews»ga xabar bergan qizning yaqinlari uni topishda yaqindan yordam so‘ramoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz shu kuni pushti rangdagi uy kiyimida faqat yashil sumka olib, uyidan chiqib ketgan. Shundan so‘ng qizning yaqinlari Ichki ishlarga topishda ko‘mak so‘rab ariza bilan murojaat qilishgan.

Akasini aytishicha, shahar ko‘chalarida u qidirilayotgani haqida e’lon tarqatilgan.

Qizni ko‘rganlar bo‘lsa, 91, 223 77 64 yoki 99, 665 76 64 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘ralmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring