Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshi shahrining sobiq hokimi yana qamoqqa olindi

Qarshi shahrining sobiq hokimi yana qamoqqa olindi

Qarshi shahrining uy qamog‘idagi sobiq hokimi Jamshid Fozilov qamoqqa olindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar bermoqda. 

Viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya instansiyasining 22.10.2022 yildagi ajrimiga asosan, Qarshi shahar sudining sobiq hokim J.Fozilovga nisbatan kiritilgan qamoqqa olish tarzidagi iltimosnoma rad etilib, uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llash haqidagi ajrimi bekor qilinib, qamoqqa olish tariqasidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnoma qanoatlantirildi.

Muqaddam Qarshi shahar sudining ajrimiga ko‘ra, JPKning 242-2-moddasiga asosan viloyat prokuraturasi tomonidan J.Fozilovga nisbatan kiritilgan qamoqqa olish tarzidagi iltimosnoma rad etilgan va uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llash haqidagi ajrimiga nisbatan Qarshi shahar prokurori tomonidan viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya instansiyasiga apellyasiya tartibida protest keltirilganligi haqida ma’lum qilingan edi.

Viloyat prokurori tomonidan Qarshi shahar sobiq hokimi J.Fozilov va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi alohida nazoratga olingan bo‘lib, tergov natijalari yuzasidan ma’lumot beriladi, deyiladi prokuratura xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring