Qarshi shahrida mudhish qotillik sodir etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida qotillik sodir etilganligi yuzasidan xabar tarqaldi.
Aniqlanishicha, 2022-yil 31-may kuni Qarshi shahri, «Komilon» mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadonlardan birida fuqaro L.A.ning (erkak, 1995-y.t.) jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan, deya xabar bermoqda viloyat prokuraturasi.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan O.D.ga (2004-y.t.) nisbatan jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (og‘irlashtiruvchi holatda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter