Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaroqchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan 317 o‘quvchi qiz qutqarildi

Qaroqchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan 317 o‘quvchi qiz qutqarildi

Foto: «Global Look Press/Emma Houston/XinHua»

Nigeriyada uch kun avval qaroqchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan 317 nafar o‘quvchi qiz ozod qilindi. Bu haqda 28-fevral kuni «Vanguard» gazetasi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qizlar Zamfara shtatining ma’muriy markazi — Gusau shahriga yuboriladi. O‘quvchi qizlar uchun to‘lov to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.

26-fevral kuni Nigeriya shimolidagi Jangebe shahrida bir guruh qurollangan shaxslar qizlar o‘qiydigan davlat o‘rta maktab-internatining 300 dan ortiq o‘quvchisini o‘g‘irlab ketgani haqida xabar bergandik.

Xabarlarga ko‘ra, yarim tunda maktab-internatga yo‘ltanlamas va mototsikllar kelishgan. Noma’lum kimsalar davlat xavfsizlik xizmati kiyimida bo‘lishgan. Ular maktab o‘quvchilarini tashqariga olib chiqishib, mashinalarga joylashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring