Qarmoqda baliq tutish bo‘yicha rekord yangilandi (video)
Amerikaning Illinoys shtatidan professional baliqchi Jeff Kolodzinskiy 24 soatda 2645 ta baliqni tutib, shaxsiy jahon rekordini yangiladi. Bu haqda UPI portali xabar berdi.
Jeff baliq ovini 9-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9 da boshlab, roppa-rosa bir kecha-kunduzdan so‘ng nihoyasiga yetkazdi. U 24 soat ichida qarmoq yordamida 2645 ta baliqni tutib, o‘zining o‘tgan yilgi rekordini yangiladi. O‘shanda bir kecha-kunduzda 2172 ta baliq tutib, Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgandi.
Bu safar baliqchi Ginnessning rekordlar kitobi vakillariga dalil sifatida yuborib, rasman ularning e’tirofiga sazovor bo‘lish uchun baliq ovini kameraga muhrladi. U baliq ovi yordamida «Fishing For Life» (Hayot uchun baliq ovi) xayriya jamg‘armasi uchun 20 ming dollar to‘plashni rejalashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter