Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarish jarayonini tezlatib, odam umrini uzaytirish mumkin — olimlar

Qarish jarayonini tezlatib, odam umrini uzaytirish mumkin — olimlar

Foto: «Econet»

Dyuk universiteti olimlari odamlarning qarish jarayoni o‘zgarmas tezlikda kechishini aniqlashdi. Bu ilmiy kuzatuvlar natijalari «Nature Communications» nashri tomonidan yoritildi.

Foto: «Nature Communications» 

Ilmiy tadqiqotlar davomida odamlar va bir necha turdagi maymunlarning o‘limlariga oid jadvallar solishtirilgan. Turlarning hayoti davomiyligi ularning o‘lishi bilan sinxron (uyg‘un) kechishi olimlarning e’tiborini tortdi: ular qancha uzoq yashasa — o‘limi ham bir tarzda yuz beradi.

Olimlar kelgan xulosa shu bo‘ldiki, tur vakillarining  o‘rtacha umr ko‘rish yoshi oshgani sayin ularning o‘lim vaqti o‘rtasidagi farq tekislanib boradi — hammaning umri deyarli bir xil vaqt oralig‘ida tugaydi. Aniqlangan yana bir g‘alati fakt shuki, umr ko‘rish chegarasini qarish jarayonini tezlatish hisobiga kengaytirish mumkin ekan. Ayni bir paytda, eng qiyini — mana shu omilni o‘zgartirishdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring