Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga katta jarima yozildi

Qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga katta jarima yozildi

Ijtimoiy tarmoqda «Nexia-3» rusumli, 10U150WA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi turli xavfli manyovrlar bilan qoidalarni buzgan holda harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi va keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi.

Video yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, «Nexia-3» rusumli, 10U150WA davlat raqam belgili avtomobilda qoidalarni qo‘pol tarzda chetlab o‘tgan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128⁵-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi va BHMning 10 baravari miqdorida jarima belgilandi.

«Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, yo‘llarda o‘zi va atrofdagilar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring