Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qanday hollarda koronavirusga chalingan bemor albatta shifoxonaga yotqizilishi kerak?

Qanday hollarda koronavirusga chalingan bemor albatta shifoxonaga yotqizilishi kerak?

Foto: «Pharma.net.ua»

Qanday belgilar paydo bo‘lsa, koronavirusga chalingan bemor albatta shifoxonaga yotqizilishi kerak?

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov bu savolga javob berdi.

Xavotirlanish va shifokorga murojaat qilish uchun quyidagi simptomlarni inobatga olish lozim:

  • Hansirash (havo yetmayotganligini sezish) — nafas olish chastotasi bemorning tinch holatida daqiqasiga 22 va undan yuqori bo‘lishi;
  • Tana harorati stabil ravishda 39 daraja va undan yuqori bo‘lib, isitmani tushiruvchi dori vositalari yordamida tushmasligi;
  • Qonning kislorod bilan ta’minlanishi 90 foizdan past bo‘lishi (bu ko‘rsatkich pulsoksimetr yordamida aniqlanadi);
  • Qon bosimining tushib ketishi yoki keskin ko‘tarilib ketishi (90 dan past yoki 220 dan yuqori);
  • Yurak urishining tezlashishi — puls daqiqasiga 130 va undan yuqori bo‘lishi;
  • Bemorda ong ko‘rsatkichlarining pasayishi;
  • Qo‘shimcha xavf omillari: yoshi 60 va undan yuqori, yondosh kasalliklar — diabet, gipertoniya, yurak xastaliklari, o‘pka va buyraklar surunkali kasalliklari, onkologik kasalliklar va immunitetning pasayishi.
  • Og‘ir simptomlarning mavjudligi, ya’ni chidab bo‘lmaydigan og‘riqlar, jumladan bosh og‘riqlari, to‘xtamasdan qayt qilish va intensiv diareya.

Yuqoridagi holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilib, bemor statsionarga yuborilishi lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring