Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qancha fuqaro karantinda qolayotgani ma’lum qilindi

Qancha fuqaro karantinda qolayotgani ma’lum qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus yuqtirgan bemorlar holati haqida ma’lumot berdi:
 
– Mamlakatimizda koronavirus kasalligi bilan 2509 bemor ro‘yxatga olingan. 1988 nafar, ya’ni 80 foizga yaqin bemor to‘liq sog‘aydi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda davolanayotgan 511 bemordan 6 nafarining ahvoli og‘ir. 42 mingdan ko‘proq fuqaro karantinda bo‘lib turibdi.
 
Karantin tadbirlari davom etyapti. Keyingi kunlarda ko‘chalarda aholi faolligi kuzatilmoqda. To‘g‘ri, uyda o‘tirib, bir muncha zerikkan bo‘lishingiz mumkin. Lekin kasallik yana avj olishiga yo‘l qo‘yib beradigan bo‘lsak, bundan keyingi choralar yanada keskin bo‘lishini unutmasligimiz kerak.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring