Qamoqxonada 22 yil o‘tirgan mahbus ozodlikka chiqadigan kuni qochib ketdi
Rossiyaning Irkutsk shahri Markova posyolkasida takroriy jinoyat sodir etgan, qotillikda ayblanib, yigirma yildan ortiq axloq tuzatish muassasasida jazoni o‘tayotgan shaxs koloniyadan qochib ketdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, erkakning jazo muddati tugashiga bir necha soatlar qolganda qochib ketgan, deb xabar beradi ria.ru yangiliklar nashri.
Voqea IK-19 koloniyasida sodir bo‘lgan. U yerda mahkumlar hudud bo‘ylab nisbatan erkin harakatlanadi.
Qochgan mahbus 2001 yilda qotillikda ayblanib qamalgan va jazoni o‘tay boshlagan. Erkak qamoqdan qochgan kuni rasman ozod etilishi kerak edi. Endi uni yangi – to‘rt yillik qamoq jazosi kutmoqda.
Jinoyatni takroran sodir etgan shaxs qidirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter