Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq»da yuz bergan selda ikki yosh ayol halok bo‘ldi

«Qamchiq»da yuz bergan selda ikki yosh ayol halok bo‘ldi

Foto: Namangan FVB.

8-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Qamchiq» dovonida Namanganlik 27 yoshli  ikki nafar ayolning jasadi topildi» nomli xabar tarqalgan. Viloyat FVB bunga munosabat bildirdi. 

Joriy yilning 7-iyul kuni «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishi 245 kmda 2 nafar 27 yoshli ayol fuqarolar tog‘ balandlikdagi yirik shoxli mollarini sog‘ib olish uchun ketayotgan bo‘lgan.

Shu vaqtda soat 19:20 dan 19:27 gacha kuchli jala yomg‘ir yog‘ishi natijasida, sel toshqin suvlari uchun maxsus 1200 diametrli temir quvur ichida yomg‘irdan qochib o‘tirgan vaqtda 40-50m3 sel kelib, quvur ichidan «Rezaksoy»ning 400 metr oqimi bo‘ylab olib ketgan, deyiladi xabarda.

Soyni sel massasidan tozalash jarayonida, 2 nafar ayol fuqarolarning jasadi topilgan.

Hozirda IIB Tezkor-tergov guruhi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring