«Qamchiq»da qor va tosh-tuproq massasi o‘pirilishi sodir bo‘ldi (foto)
Bugun, 12 mart kuni soat 7:30 larda A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 229,8 km hududida, avtomobil yo‘lidan 80-100 metr uzoqlikda tog‘ yonbag‘irliklaridan 300 ming metr/kub hajmda qor ko‘chkisi sodir bo‘lib, qor massalari «Qamchiqsoy» o‘zaniga tushgan.
Shuningdek, «Toshkent-Vodiy» avtomobil yo‘lining 6 ta joyida tosh-tuproq massasi o‘pirilishi sodir bo‘lib, yo‘l chetdagi handaqqa (kyuvetga) tushgan.
Bundan tashqari nomustahkam tosh massalari avtomobil yo‘lining 251,7 km, 260 km oraliqlarida avtomobil yo‘liga tushishi mumkin bo‘lgan hududlar aniqlangan.
Hozirda xavfli hududlarda tosh massalarini majburiy tushirish bo‘yicha «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi, «Qamchiqavtoyo‘l» hamda Yo‘l-harakati xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Dovon yo‘lida sodir bo‘lgan geologik va gidrometeorologik hodisalar natijasida jabrlangan va jarohat olganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter