«Qamchiq» yo‘li ochildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, «Qamchiq» dovonidan o‘tgan A-373 «Toshkent – O‘sh» avtomobil yo‘lining 250-kilometrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, qisqa muddatli tosh tushirish ishlari olib borilganligi sababli, 20-30 daqiqaga dovon yo‘li avtomobillar harakati uchun vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Xabarda aytilishicha, hozirda ushbu ishlar yakuniga yetkazilib, dovon yo‘li avtomobillar harakati uchun qayta ochilgan va ikki tomonlama harakat davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter