«Qamchiq» dovonida handakka tushib ketgan «Jiguli» qutqarib olindi

2025 yil 29 aprel kuni soat 15:40 da A-373 «Toshkent–O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» davonidan o‘tuvchi qismida «Vodiy–Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan «VAZ-2106» rusumli yengil avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi handakka tushib ketdi.
O‘zbekiston FVV «Qamchiq» maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan qutqaruv xizmatiga xabar berilgan va guruh zarur texnika hamda anjomlar bilan zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Qutqaruvchilar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar natijasida avtoulov handakdan chiqarildi. Tezkor choralar tufayli hech kim tan jarohati olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter