Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi

Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonidagi qor ko‘chkisi haqida ma’lumotlar tarqaldi. FVV xabarga munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, hodisa kecha, 15-fevral kuni soat 22:40 da Toshkent–O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 238-kilometri, ya’ni Qamchiq dovoniga to‘g‘ri keladigan qismida sodir bo‘lgan. Qor ko‘chkisi hajmi — 1300 kub metr. Qor massasining bir qismi yo‘lga tushgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tezda yo‘lni qordan tozalashdi, deyiladi munosabatda.

Qor ko‘chkisi xavfi tufayli kecha soat 22:30 dan Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring