«Qamchiq»da ayanchli vaziyatga tushgan haydovchi qutqarib qolindi
24-noyabr kuni «Qamchiq» dovonida «Isuzu» yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqga urilgan va ag‘darilib qolgan.
Hodisa natijasida haydovchi yuk mashina saloni ichida qisilib qolgan.
Voqea joyiga FVVning «Qamchiq» Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari, YPX, tez tibbiy yordam hamda avtoyo‘l xodimlari yetib borgan.
YPX xodimlari tomonidan harakat xavfsizligi ta’minlangan. Qutqaruvchilar maxsus gidravlik asbob-anjomlar yordamida qisilib qolgan haydovchini sog‘-omon yuk mashina ichidan chiqarib olishgan va birinchchi tibbiy hamda psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida tez tibbiy yordam xodimlariga topshirishgan. Avtoyo‘l xodimlari bilan hamkorlikda yuk mashinasi maxsus kran yordamida xavfsiz hududga transportirovka qilish ishlari amalga oshirildi.
Xodimlarning tezkorlik bilan amalga oshirgan sa’y-harakatlari natijasida inson hayoti saqlab qolindi, deyiladi FVV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter