Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq» dovonida 13 avtomobil ishtirokida YTHlar sodir bo‘ldi

«Qamchiq» dovonida 13 avtomobil ishtirokida YTHlar sodir bo‘ldi

Foto: FVV matbuot xizmati

13-dekabr kuni soat 19:00 dan 14-dekabr kuni soat 9:00 ga qadar «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 258, 259 va 265 km hududlarida jami 3 ta holatda 13 ta  avtotransport vositalari sabab YTHlar sodir bo‘lgan.

Bunga muzlama yo‘llarda boshqaruvni yo‘qotish sabab bo‘lgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

FVV xabariga ko‘ra, voqea joyiga FVV «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilot xodimlari zudlik bilan yetib borib, YTH oqibatlarini bartaraf etdilar.

Yuzaga kelgan vaziyatlar oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring