Qalbaki pasport bilan ushlangan 8 nafar shri-lankalik Toshkentda sud qilindi
8-aprel kuni Shri-Lankaning 8 nafar fuqarosi Fransiya va Italiyaning qalbaki pasportlari bilan Toshkent-London yo‘nalishi bo‘yicha uchmoqchi bo‘lganida chegara nazorati xodimlari tomonidan to‘xtatilib, reysdan qoldirilgan edi. Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy telegram-kanali xabar berdi.
Ushbu holat bo‘yicha tayinlangan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, chet el fuqarolaridagi 2 ta Italiya va 6 ta Fransiya pasporti qalbaki ekanligi aniqlanib, holat yuzasidan Toshkent aviatsiya transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 223 (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) va 228-moddalari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilgan.
Tergov natijasiga ko‘ra, 8 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining hukmi bilan sudlanuvchilarga tegishli jazolar tayinlandi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter