Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qalbaki dollar chiqargan fuqaro ushlandi

Qalbaki dollar chiqargan fuqaro ushlandi

Foto: «Psm7.com»

11-avgust kuni fuqaro M.N. IIBga murojaat qilib, unda 11-iyul kuni noma’lum shaxs Oltiariq tumani Qiziltepa MFYda joylashgan savdo do‘koniga kelib undan har xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari olib, unga bir dona 100 AQSh dollari berib ketganligini, ushbu 1 dona 100 AQSh dollari kupyuraning qalbaki ekanligini ma’lum qilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘tkazilgan sudga oid texnik-kriminalistik ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, 1 dona 100 AQSh dollari qiymatidagi kupyura qalbaki usulda rangli printer yordamida tayyorlanganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida 1 dona 100 AQSh dollari kupyuradagi pul V.I tomonidan tayyorlanganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring