Qahramon Yo‘ldoshev Qishloq xo‘jaligi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi

Yo‘ldoshev Qahramon Anvarjonovich O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining Agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kahramon Yo‘ldoshev 1972-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.
2018-yildan buyon Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter