Qahramon Quronboyev va Xayriddin Sultonov endi Prezident maslahatchisi emas
Bugun, 27-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi. «Gazeta.uz»ning xabariga ko‘ra, Prezident devoni Prezident administratsiyasi etib qayta tashkil etiladi va shu vaqtgacha prezident ijroiya apparati rahbari-maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Zaynilobiddin Nizomiddinov administratsiya rahbari bo‘ladi.
Shuningdek, endilikda davlat maslahatchisi instituti tugatilib, davlat maslahatchilari prezident maslahatchilariga aylantirilgan. Sobiq davlat maslahatchilari Qahramon Quronboyev va Xayriddin Sultonov boshqa ishga o‘tkazilgan.
Quronboyev prezident devonida Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha sektor rahbari Abdujabbor Abduvohidovga o‘rinbosar bo‘lgan. Xayriddin Sultonov boshqargan xizmatni hozircha Abdujabbor Abduvohidov boshqarib turadi. Sultonov spichrayter (nutq yozuvchi) sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Boshqa sobiq davlat maslahatchilari o‘z lavozimlarida qoldirilgan. Shuningdek, Ishlar boshqarmasi ham tugatilib, uning o‘rniga yangi boshqarma tuzilgan. Prezident administratsiyasi faoliyatini administratsiya rahbari muvofiqlashtirib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter