Qabul kvotalari tasdiqlandi
Prezidentning tegishli qaroriga binoan, 2021/2022 o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
- kunduzgi ta’lim shakliga – 113 530 nafar;
- sirtqi ta’lim shakliga – 37 675 nafar;
- kechki ta’lim shakliga – 6 550 nafar;
b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 12 900 nafar;
v) xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha – 500 nafar.
Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 22 iyulga (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.
Eslatib o‘tamiz, hujjat topshirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter