Pyotr Poroshenko koronavirusga chalindi
![Pyotr Poroshenko koronavirusga chalindi](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_3945343155.jpg)
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko koronavirusni yuqtirib oldi. Bu haqda uning o‘zi ma’lum qildi.
«COVID-19 bo‘yicha testim musbat chiqdi. Hududlarga safarlarimda tanaffus qilishga majbur bo‘layotganimdan afsusdaman. Oxirgi olti yilda kasalliklarni oyoqda yurib o‘tazayotgandim. Ammo bunisi makkor chiqdi... Shuning uchun bugundan uyda davolanyapman. Tezda sog‘ayib ketishga umid qilgan holda barcha ukrainaliklarni o‘zlarini ehtiyot qilishga chaqirib qolaman», — deb yozdi Poroshenko «Facebook»dagi sahifasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter