Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning maslahatchisi amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Putinning maslahatchisi amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

3-6-oktyabr kunlari Rossiya prezidenti maslahatchisi, Inson huquqlari bo‘yicha kengash raisi Valeriy Fadeyev O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda RF prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirish kengashi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Fadeyev yetakchi ziyolilar, siyosat va jamoat arboblari taklif etilgan Samarqand davlat universiteti va Rossiya davlat gumanitar universitetida bo‘lib o‘tadigan «Inson va zamonaviy dunyo qadriyatlari» xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi.

U, shuningdek, rossiyalik vatandoshlarning mahalliy tashkilotlari vakillari ishtirokida gumanitar hamkorlik masalalari yuzasidan ham uchrashuv o‘tkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring