Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning «favqulodda murojaati» bo‘yicha xabar tarqaldi

Putinning «favqulodda murojaati» bo‘yicha xabar tarqaldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ayrim tarmoqlarda ko‘rsatilgan favqulodda murojaati haqiqatdan yiroq va buzg‘unchilikdir.  Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lumot bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar allaqachon vaziyatni nazoratga olgan.

Xususan, Voronej viloyati aholisi xakerlar radiostansiyalarni buzib kirishgani haqida xabar bergan.

Xabarda Ukraina qo‘shinlarining chegara hududlariga bostirib kirishi, harbiy holat joriy etilishi, umumiy safarbarlik va aholini Rossiyaning ichki hududiga evakuatsiya qilish haqida ma’lumotlar tarqaldi. Voronej viloyati hukumati raddiya e’lon qildi.

Belgorod viloyatining tezkor shtab-kvartirasi ham ma’lumotni soxta deb atadi.

Putinning feyk murojaati «Mir» radiostansiyasi orqali yangragan. Uning ovozini ukrainalik xakerlar soxtalashtirgan bo‘lishi mumkin. 


Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring