Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning barcha saylovlardagi natijalari (raqamlar)

Putinning barcha saylovlardagi natijalari (raqamlar)

Foto: Rossiyskaya gazeta

Vladimir Putin 1999-yilning 31-dekabrida, Boris Yelsin muddatidan oldin iste’foga chiqqanidan so‘ng, Rossiya prezidenti vazifasini bajarishga kirishgan.

Birinchi prezidentlik saylovida (2000-yil 26-mart) Putin 52,94 foiz ovoz bilan birinchi turda g‘alaba qozonadi.

Ikkinchi prezidentlik saylovi 2004-yilning 14 martida o‘tkaziladi: bu safar Putin 71,31 foiz ovoz bilan «ikkinchi muddat»ni qo‘lga kiritadi. O‘sha yilning 7-mayidan lavozimini bajarishga kirishadi.

O‘rtada tanaffus: 2008-yilning 7-mayidan 2012-yilning 7-mayiga qadar — Dmitriy Medvedev Rossiya prezidenti.

2012-yilning 4-martida o‘tkazilgan Uchinchi prezidentlik saylovida Putin, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 63,6 foiz ovoz to‘plab, birinchi turda g‘alaba qozonadi.

2018-yilning 18 martidagi To‘rtinchi prezidentlik saylovida Putin o‘sha payt uchun rekord — 76,69 foiz ovoz to‘plab, amalini saqlab qoladi.

2018-yilning 25-may kuni Putin 2024-yildagi prezidentlik saylovida qatnashmasligini e’lon qiladi va buni Konstutitsiya talablari bilan izohlaydi. Biroq 2020-yilning Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi. O‘sha o‘zgartishlardan so‘ng Putin 2024-yilgi YANGI SAYLOVda qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

Va nihoyat, Beshinchi prezidentlik saylovi bugun, 17-mart kuni yakuniga yetib, dastlabki (ekzit-pol) natijalari e’lon qilinmoqda. 87,86 foiz! Putin hamma rekordlarini yangilamoqda!

Putinning ovozlari:

  • Birinchi prezidentlik saylovi — 52,94 foiz;
  • Ikkinchi prezidentlik saylovi — 71,31 foiz;
  • Uchinchi prezidentlik saylovi — 63,6 foiz;
  • To‘rtinchi prezidentlik saylovi — 76,69 foiz;
  • Beshinchi prezidentlik saylovi — 87,86 foiz (ekzit-pol).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring