Putinning 19 yilga qamalgan ashaddiy tanqidchisiga yangi ayb qo‘yildi
Rossiyalik muxolifatchi, prezident Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniyga Jinoyat kodeksining 214-moddasi («Vandalizm») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan eng yuqori jazo uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilishdir.
Aleksey Navalniy jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida Rossiya Tergov qo‘mitasi Bosh tergov boshqarmasining xatidan bilib olganini aytgan. Shuningdek, u yana rafiqasi Yuliya Navalnaya va advokatining xatlarini ololmayotganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil fevralida Aleksey Navalniy «Iv Roshe» ishi (firibgarlik; Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi) bo‘yicha ikki yilu sakkiz oyga qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 2022-yil mart oyida u firibgarlik va sudyani haqorat qilishda yangi ayblovlar bilan 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi (297-modda).
Bundan tashqari shu yilning avgust oyida muxolifatchi ekstremizm ishi bo‘yicha maxsus rejimli koloniyada 19 yilga hukm qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter