Putindan «tinchlik istagi»ni ko‘rsatish talab qilinmoqda
Afrika yetakchilari Rossiya prezidenti Vladimir Putindan 27—28 iyul kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan Rossiya-Afrika sammiti oldidan «tinchlikka intilishi»ni namoyish etishini so‘rashmoqda, dedi Senegal prezidenti Makki Sal «Financial Times» gazetasiga bergan intervyusida.
Bunday talab Afrika davlatlarining iyun oyida bo‘lib o‘tgan vositachilik missiyasi chog‘ida bildirilgan.
«Rossiya-Afrika sammiti oldidan u [Путин] tinchlikka intilishi borligini ko‘rsatishi kerak, hech bo‘lmaganda gumanitar yo‘nalishda», — dedi Sal.
Mahbuslar almashinuvi va bolalarning Ukrainaga qaytarilishi «juda yaxshi signal bo‘lishi mumkin», dedi Senegal rahbari.
«Biz Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar oldinga siljishi uchun Rossiya-Afrika sammitidan foydalanishda davom etamiz», — deya qo‘shimcha qildi u.
Afrika davlatlari tinchlik muzokaralari boshlanishidan manfaatdor, chunki ular urushning salbiy oqibatlarini boshlaridan o‘tkazishmoqda. «Bizda oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligida katta muammolar bor. Biz o‘g‘itlarni Rossiyadan sotib olardik, endi esa sanksiyalar tufayli qiyinchiliklar bor», — deya ta’kidlaydi prezident.
Iyun oyida Afrika yetakchilari Ukraina va Rossiyaga tinchlik tashabbusini taqdim etishdi. Diplomatik missiya bilan Kiyev va Moskvaga tashrif buyurgan Afrika delegatsiyasi tarkibidaJanubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa, Zambiya rahbari Xakainde Xichilema, Komor orollari ittifoqidan Azali Assoumani, Senegal prezidenti Maki Sal, Misr Bosh vaziri Mustafo Madbuli, shuningdek, Kongo Respublikasi va Uganda rahbarlari vakillari Floran Ntsiba va Ruxakana Rugundalar bor edi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ruslar mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqib ketmaguncha muzokaralar o‘tkazishini rad etdi. Kremlda esa harbiy amaliyotdan ko‘zlangan maqsadlarga erishilmaguncha buning imkoniyati yo‘qligi aytildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter