Putindan Nazarboyevgacha: Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelmoqda
Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 77 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar rahbarlari va taniqli siyosiy arboblaridan, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda.
Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini alohida qayd etganlar. Tabriknomalarda bugungi erkin va tinch hayotimiz yo‘lida jang maydonida chinakam qahramonlik, mislsiz jasorat va matonat ko‘rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizga chuqur hurmat-ehtirom va minnatdorlik bildirilgan.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Rossiya prezidenti Vladimir Putin;
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev;
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon;
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev;
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko;
Turkmaniston Milliy kengashi xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev;
MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter