Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Putin yaqin orada yana safarbarlik e’lon qilishi mumkin» – The New York Times

«Putin yaqin orada yana safarbarlik e’lon qilishi mumkin» – The New York Times

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin orada yana safarbarlik e’lon qilishi mumkin. Bu haqda The New York Times gazetasi yozmoqda.

Gazetaning yozishicha, Vladimir Putin yaqin kunlarda Ukrainaga boshlangan maxsus operatsiyaga bir yil bo‘lishi munosabati bilan chiqish qilib, Rossiya xalqiga murojaat yo‘llaydi.

«Putin o‘z murojaatida, Ukrainada o‘z strategiyasini amalga oshirish uchun sa’y-harakatlarni ikki barobar oshirish haqida gapiradi. AQSh razvedkasi uning tez orada ko‘proq ruslarni armiyaga safarbar qilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni aniqladi. Oldinroq chaqirilgan 300 000 kishiga yuz minglab odam qo‘shilishi mumkin», – deyilgan maqolada.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Kreml rahbarining kutilayotgan chiqishida asosiy mavzu Ukrainadagi maxsus operatsiya bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Putinning nutqi haqida tashviqot kampaniyasi olib borilmoqda. Ko‘chalarda «Ko‘ring va tinglang. 21.02.2023», «Rossiya chegarasi hech qayerda tugamaydi. 21.02.2023» yozuvli plakatlar paydo bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring