Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin va Tramp suhbati: AQSh prezidentining bayonoti

Putin va Tramp suhbati: AQSh prezidentining bayonoti

Foto: France 24

AQSh prezidenti Donald Tramp bilan ikki soatcha telefonda muloqot qilganidan so‘ng, Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlarga suhbat tafsilotlarini so‘zlab bergandi.

Endi esa Donald Trampning ushbu suhbatdan keyingi bayonotlarini keltiramiz:

  • O‘ylashimcha, tez orada nimadir sodir bo‘ladi. Bu urushga katta ego egalari aralashgan. Agar hech narsa yuz bermasa, biz ortga chekinamiz.
  • Ukraina masalasida jiddiy siljish kuzatilmasa, AQSh muvofiqlashtiruvchi rolini Yevropaga topshiradi.
  • Ukrainadagi urush Yevropaning muammosi edi, AQSh bekor aralashdi.
  • Menimcha, Putining joniga tegdi. Putin to‘xtashni istaydi, deb o‘ylayman.
  • Miyamda Rossiya-Ukrainaga bosim qilishdan to‘xtashimni ko‘rsatuvchi qizil chiziq bor. Ammo u qanaqa qizil chiziqligini aytmayman.
  • Ukrainani qurol bilan ta’minlash rejamiz yo‘q emas, biroq urush to‘xtashiga ishonamiz.
  • Tinchlikka erishish uchun imkoniyat bor, shu sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmayapmiz.
  • Amerika askari Ukrainaga bormaydi.
  • Zelenskiy bilan «muloqot qilish uncha oson emas».
  • AQSh Ukrainaga «xorijiy davlat uchun rekord miqdordagi mablag‘»ni berdi.
  • Ukrainaning nizoni bas qilish va tinchlikka erishish uchun xatti-harakatlari yetarlichami, 2-4 haftadan so‘ng bir nima deyish mumkin.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring