Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin urushni cho‘zmoqchi: buning sababi ma’lum qilindi

Putin urushni cho‘zmoqchi: buning sababi ma’lum qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina urushini 2024-yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qilgunga qadar cho‘zmoqchi. Bu haqda CNN telekanali ma’lumot berdi. 

Putin Donald Tramp bu saylovda g‘alaba qozonishiga umid qilmoqda yoki Ukrainaga yordam berishda u qadar faol bo‘lmagan boshqa respublikachi yutishini mo‘ljallamoqda. Bu Rossiyaning muzokaralardagi potensial pozitsiyasining mustahkamlanishiga olib keladi. Rossiya G‘arb yordami kamaygan vaqtda Ukrainaga bosim qilish niyatida, deyiladi ma’lumotda.

«Putin Tramp unga yordam berishini biladi. Ukrainaliklar va yevropalik hamkorlarimiz ham buni bilishadi», deydi CNN manbalaridan biri.

Ismini oshkor etmagan yevropalik diplomatning aytishicha, Ukrainadagi urushni AQShdagi saylovlargacha olib borish Putinning asosiy rejasidir.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp o‘ziga nisbatan yangi jinoiy ayblovlar qo‘yilganiga qaramay, 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasining favoriti hisoblanadi.

Uning partiyadagi raqibi, Nyu-Jersi shtatining sobiq gubernatori Kris Kristi bugun Ukrainaga tashrif buyurdi va AQShning Ukrainaga yordami avvalgidek qolishi kerakligini aytgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring