Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi – Kreml

Putin Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi – Kreml

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus, O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Rossiya prezidenti Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin chiqish qilib, Prigojinning harakatini «orqadan pichoq urish» deb atagan edi.

Ma’lumot uchun, kecha, 23 iyun kuni Yevgeniy Prigojin chiqish qilib, Mudofaa vazirligini «Vagner» harbiylarining orqa lagerlariga raketa hujumida aybladi va «bu vahshiylikka javob qaytarishga»,  armiya hamda umumiy Rossiyada «adolatni tiklashga» va’da bergan edi.

Shundan so‘ng, Prigojin Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasida ko‘rinish berib, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Gerasimov uning oldiga kelmasa, «Vagner» qo‘shinlari Moskvaga borishini aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring