Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin: «NATO «ramkasi»dan chiqyapti»

Putin: «NATO «ramkasi»dan chiqyapti»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kollektiv xavfsizlik shartnomasi (KXShT) tashkilotining navbatdagi sammitida ma’ruza qilib, NATO rus chegaralariga tahdid qilayotganini aytgan.

«Hozirgi kunda NATO o‘z chegaralarini kuchaytirish harakatida turibdi. Bu orqali u «ramkasi»dan chiqib ketyapti, bu o‘z-o‘zidan qo‘shimcha e’tiborimizga sabab bo‘lyapti. Ularning Rossiya chegarasiga yaqinlashishi biz uchun tahdid bo‘lib qolaveradi», degan Putin.

Bugun, 16 may kuni KXShTning 20-sammiti boshlangan. Sammitda Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston davlat va hukumatlari rahbarlari qatnashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring