Putin mudofaa vazirining o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi
Rossiya Mudofaa vazirining o‘rinbosari, Qurolli Kuchlarni moddiy-texnik ta’minoti uchun mas’ul bo‘lgan armiya generali Dmitriy Bulgakov o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik Bulgakovning boshqa ishga o‘tayotganini ma’lum qilgan, biroq qaysi ishga ekanligiga aniqlik kiritmadi.
Shuningdek, mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga avvalroq Rossiya Mudofaa nazorati milliy markazi rahbari lavozimida ishlagan general-polkovnik Mixail Mizinsev tayinlangani aytiladi. Endi u RF Qurolli Kuchlarining moddiy-texnik ta’minoti uchun ham javobgar bo‘ladi.
Eslatilishicha, bu Ukrainadagi harbiy amaliyotlar boshlanganidan beri Rossiya Mudofaa vazirligida rasman e’lon qilingan birinchi o‘zgarish hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter