Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Mirziyoyevni tabrikladi

Putin Mirziyoyevni tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

25 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildilar. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbarini mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida ishonchli g‘alab qozongani bilan iliq qutlab, do‘st O‘zbekiston xalqiga katta muvaffaqiyatlar, farovonlik va ravnaq tiladi.

Ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishi davomida istiqbolli kooperatsiya loyihalari va dasturlarini tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring