Putin muddatli harbiy xizmatga chaqiruv to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Kecha, 30 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqarolarini bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqirish haqidagi farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, bahorgi muddatli harbiy xizmatga Rossiya Federatsiyasining 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, zaxirada bo‘lmagan va muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan fuqarolar jalb etiladi.
«2023 yil 1 apreldan 15 iyulgacha Rossiya Federatsiyasining 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, zaxirada bo‘lmagan va muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan fuqarolarini 147 ming nafari harbiy xizmatga chaqirish amalga oshirilsin». — deyiladi farmonda.
Shuningdek, farmonda muddatli harbiy xizmatni o‘tash muddati tugagan askar, dengizchi, serjant va brigadirlarni harbiy xizmatdan bo‘shatish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Rossiya dumasida harbiy xizmatga chaqirilish yoshini bosqichma-bosqich 21 yoshga yetkazish bo‘yicha qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter