Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Putin Yevropani yo‘q qilmoqchi» — Angela Merkel

«Putin Yevropani yo‘q qilmoqchi» — Angela Merkel

Foto: «politeka.net»

Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel iste’foga chiqqanidan so‘ng birinchi katta intervyu berdi.

7-iyun kuni Der Spiegel jurnalisti Aleksandr Ozang bilan suhbatda Merkel Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini keskin qoraladi va Vladimir Putinning maqsadlari haqida gapirdi.

Merkel Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini katta xato deb atadi.

«Bu xalqaro huquqqa zid va oqlab bo‘lmaydigan shafqatsiz hujum», — dedi u. Germaniyaning sobiq kansleri fikricha, «Putinning nafrati» G‘arb demokratik modeliga qarshi qaratilgan.

«U Yevropani yo‘q qilmoqchi. Yevropa Ittifoqini yo‘q qilmoqchi, chunki u bunda NATO sari birinchi qadamni ko‘radi», deb hisoblaydi Merkel xonim.

Shuningdek, Merkel nega NATOning sharq tomon kengayishi va 2008-yilda Ukraina va Gruziyaning ittifoqqa qabul qilinishiga qarshi chiqqanini ham tushuntirdi.

«Bu biz hozir biladigan Ukraina emas edi. U Yanukovich va Yushenko o‘rtasida siyosiy jihatdan bo‘lingan edi. Bu ichki demokratik jihatdan barqaror mamlakat emas edi», deydi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring