Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin bosib olingan 4 ta hududni Rossiya tarkibiga qabul qilishga oid qonunlarni imzoladi

Putin bosib olingan 4 ta hududni Rossiya tarkibiga qabul qilishga oid qonunlarni imzoladi

RF prezidenti Vladimir Putin DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi qonunlar (qo‘shilish shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlar va Federatsiya sub’yektlari sifatida qabul qilish to‘g‘risidagi federal konstitutsiyaviy qonunlar)ni imzoladi

Bu haqda 5-oktyabr, chorshanba kuni ma’lum qilindi.

Qonunga ko‘ra, hududlar aholisi Rossiyaga qabul qilingan kundan boshlab Rossiya fuqarosi deb tan olinadi va ularga Rossiya fuqaroligidan chiqish uchun ariza berishga bir oy muddat berilmoqda. Fuqarolikni qabul qilish esa Rossiya Federatsiyasi fuqarosining arizasi va qasamyodini qabul qilish sharti bilan mumkin.

Bir kun oldin, 4-oktyabr kuni qonunchilik tashabbusi Federatsiya Kengashi tomonidan yalpi majlisda ma’qullangan edi. Shu bilan birga, mamlakat yangi sub’yektlarining konstitutsiyaviy maqomini rasmiylashtirish tartibi yana bir necha kun davom etishi ta’kidlanmoqda.

Putin, shuningdek, DXRning vaqtinchalik rahbari etib Pushilinni, LXRning vaqtinchalik rahbari etib Pasechnikni, Zaporojening vaqtinchalik gubernatori etib Balitskiyni va Xersonning vaqtinchalik gubernatori etib Saldoni tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27-sentyabr kuni DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlarining Rossiya tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendum natijalari ma’lum qilingan edi. 30-sentyabr kuni esa Kremlda ushbu hududlarning Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha kelishuvlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring