Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pushkinning ukrain shahridagi jang haqidagi dostoni katta summaga sotildi

Pushkinning ukrain shahridagi jang haqidagi dostoni katta summaga sotildi

«Litfond» kimoshdi savdosi uyida rus shoiri Aleksandr Pushkinning birinchi saylanma asarlari 7,5 mln. rublga sotilgan. Bu haqda Forbes nashri ma’lum qilgan.

Ushbu saylanmada Pushkinning uchta dostoni qo‘lyozmasi bor: «Ruslan va Lyudmila», «Poltava» va «Kavkaz asiri». Ularning orasida «Poltava» dostoni Ukrainadagi shaharcha haqida bo‘lib, u yerda 1709 yilda bo‘lib o‘tgan janglar haqida so‘z boradi.

Saylanmaning boshlang‘ich bahosi 6 mln. rubl edi, savdo vaqtida uning narxi yana 1,5 mln.gacha ko‘tarilgan. Shuningdek, «Ruslan va Lyudmila» dostoniga Pushkin dastxati sovg‘a sifatida taqdim etilgan.

Bundan tashqari, mazkur kimoshdi savdosida Ilya Ilf va Yevgeniy Petrovning mashhur «12 stul» asarining birinchi nashri 120 ming rublga sotilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring