«Pump-and-dump» va Hamster Kombat
Moliyaviy spekulyasiyada «Pump-and-dump» («shishir va qoch») degan usul bor. Bunda spekulyativ investorlar fribgarlik yo‘li bilan ma’lum bir qimmatli qog‘ozni chiqarib va uning narxini suniy qimmatlatishadi va oxirida qochib qolishadi. Masalan, boshida bu qimmatli qog‘ozlarni o‘zlarining odamlariga qimmat narxlarda sotib olishga va bozorda suniy talab yaratishga buyuruq beradilar. Narxni oshib borayotganini ko‘rganlar (keyinroq qimmatga sotib yuborish maqsadida) o‘sha qimmatli qog‘ozlarni sotib ola boshlaydi. Narx shu darajada oshib «yorilish»ga kelganda, yuqoridagi firibgarlar oldinroq arzon narxlarda olib qo‘ygan qimmatli qog‘ozlarini juda ham katta summaga sotib yuborib, bozordan sekingina chiqib ketadilar.
Xulosa qilib aytganda, firibgarlar avvalo narxni sun’iy shishirib, keyin qochib qoladilar. Shuning uchun bu usul «shishir va qoch» deb ataladi.
Na egasi, na unsuri, na qonunchiligi noma’lum bo‘lgan Notcoin va Hamster Kombat kabi kiripto-pul o‘yinlarida ham mana shunday usul ko‘zga tashlanadi. Avvalo narxlar ko‘tarilishni boshlaydi va qachondir narx pufagi yorilib, firibgarlar daromadda, qolganlar esa ziyonda qolaverishadi. To‘g‘ri, yutganlar ham bo‘ladi, lekin bu yutuq boshqalarning yutqizishi evaziga bo‘ladi (zero-sum-game). Bu esa ayni qimorning o‘zginasi.
Izoh: Hamster Kombat aynan kripto-pul emas, balki u kripto-pul ishlab olishning bir usuli. Kripto-pullarda esa aynan qimor va «shishir va qoch» usullarini osongina amalga oshirsa bo‘ladi. Noma’lum narsalar esa oqil insonni undan chetlashga undaydi.
Valijon To‘raqulov
Ma’lumot uchun, Hamster Combat – bu oddiy chertish o‘yini bo‘lib, unda o‘yinchilar kriptovalyutaga almashtirilishi mumkin bo‘lgan o‘yin ichidagi raqamlarni olish uchun turli harakatlarni amalga oshirishlari kerak bo‘ladi. Ular telegramdagi maxsus bot orqali o‘z virtual valyutalarini yig‘ib boradilar. O‘yin soddaligi va oson daromad olish mumkinligi haqidagi va’dalar tufayli tezda mashhurlikka erishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter