Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Pul uchun vijdon sotilganmi?» — Tonnalab iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlanmoqda

«Pul uchun vijdon sotilganmi?» — Tonnalab iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlanmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Qibray tuman bo‘limi tomonidan DSI xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.T. va U.X. iste’molga yaroqsiz 2 200 kg tovuq go‘shtini konserva mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida saqlab kelayoganliklari aniqlangan.

Departamentining Guliston tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.S iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 961 kg qoramol go‘shtini o‘zining boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtotransport vositasida Toshkent shahridagi mijozlarga yetkazib berish maqsadida olib ketayotganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.S. 22 dona polietilen qopda iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 612 kg go‘sht mahsulotini o‘zining boshqaruvidagi «COBALT» rusumli avtotransport vositasida Toshkent shahridagi mijozlarga yetkazib berish maqsadida olib ketayotganligi aniqlangan.

Departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Sirdaryo» YPX maskanidan fuqaro B.E. boshqaruvidagi «COBALT» rusumli avtomashinasida fuqaro B.U.ga iste’molchilar hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 309,1 kg echki go‘shtini Toshkent shahrida sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlangan.

Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan DSI xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda, fuqaro O.A. o‘ziga tegishli  go‘sht va kolbasa mahsuloti ishlab chiqarish sexida hech qanday tegishli hujjatlarsiz, iste’molchilar hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan jami 240 kg qoramol va tovuq go‘shtini muomalaga kiritish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro Sh.E. o‘ziga tegishli «Damas» rusumli avtotransport vositasida birlamchi veterinariya hujjatlarisiz, iste’mol uchun yaroqsiz bo‘lgan 170 kg qoramol go‘shtini sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring