Pul o‘margan shaxs bank xodimi bo‘lib chiqdi
Namangan shahrida yashovchi 60 yoshli V.D. (erkak) ariza bilan murojaat qilib, bank plastik kartasidagi pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘marilganini qayd etgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi 32 yoshli A.A. (erkak) sodir etganligi aniqlandi.
A.A. bank mas’ul xodimi bo‘lib, V.D.ning plastik kartasidan jami 2.553.488 so‘m pullarini mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda yechib olgan.
Jinoyat sodir etgan A.A. O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
Qonunga muvofiq, A.A.ga sodir etgan jinoiy harakatlari uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter