Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pskentda tadbirkorning elektr bilan bog‘liq muammosi hal etildi

Pskentda tadbirkorning elektr bilan bog‘liq muammosi hal etildi

Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni tomonidan tegishli xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan Toshkent viloyatida joylashgan kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning muammolari o‘rganib chiqilmoqda.

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida kichik sanoat zonalarida infratuzilma ob’yektlarini qurish va ularga xizmat ko‘rsatishda ayrim muammolar yuzaga kelayotganligi aniqlanib, bu kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Xususan, Pskent tumanida joylashgan kichik sanoat zonasida o‘rnatilgan transformatorni foydalanishga topshirishda texnik shartlarga rioya etilmaganligi aniqlanib, pudratchi tashkilotni jalb etgan holda yangi texnik shart talablariga javob beradigan uskuna olib kelib o‘rnatilishi ta’minlandi.

«Yangi transformatorning foydalanishga topshirilishi bilan bu yerda  faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolari hal etilishi ta’minlanadi», – deyiladi Biznes Vakil devoni matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring