«PSJ» o‘ziga yangi murabbiy topdi

Tomas Tuxel.
Mavsum boshida katta xaridlarni amalga oshirishiga qaramay, Yevropa chempionlar ligasini erta tark etgan «PSJ» kelgusi mavsum uchun yangi murabbiy topdi.
«Yevrosport» xabariga ko‘ra, «Borussiya D» klubining sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel parijliklar bilan kelishuvga erishgan. U hozirda fransuz klubini boshqarayotgan Unai Emeri o‘rnini egallashi lozim.
Avvalroq Tuxelning Londonning «Arsenal» klubini boshqarishi haqida ham mish-mishlar tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter