Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«PSJ» mavsumni debyutantga mag‘lubiyatga uchrashdan boshladi

«PSJ» mavsumni debyutantga mag‘lubiyatga uchrashdan boshladi

Foto: «Football.ua»

Fransiya chempionatining 2-turida «Pari Sen-Jermen» mehmonda «Lans»dan kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi — 1:0. Yagona golni 57-daqiqada Inyatius Ganago kiritdi.

Bu parijliklar uchun chempionatning 2020/2021-yilgi mavsumidagi ilk o‘yin edi: «PSJ»ning 1-turdagi «Mets»ga qarshi o‘yini 16 sentyabrga ko‘chirilgan.

Koronavirusga chalingan Neymar, Anxel Di Mariya, Mauro Ikardi, Markinos, Kilian Mbappe, Keylor Navas hamda Leandro Paredeslar ushbu o‘yinni o‘tkazib yuborishdi.

Turnir debyutanti «Lans» esa ilk ochkolarni to‘plab, turnir jadvalida 12-o‘ringa ko‘tarildi, «PSJ» — 17-o‘rinda.

Keyingi turda Tomas Tuxel jamoasi 13-sentyabr kuni «Marsel» bilan to‘qnash keladi, «Lans» esa «Loryan» mehmoni bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionati (2019/2020) mavsum tugashiga o‘n tur qolganda koronavirus pandemiyasi tufayli yakunlangan, «Pari Sen-Jermen» turnir g‘olibi deb topilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring